English English English

“QADRLASH MADANIYATI — MILLAT KO‘ZGUSI”

  29.05.2026 11:42:02    4


Joriy yilning 29-aprel kuni Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti Sh.Xudoyqulov, katta o’qituvchilar: J.Muhitdinova, M.Ibrohimov, G.Xusayinovalar “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan  oliy ta’limda ko’p yillar ishlab kelgan, xozirda nafaqada faxriy ustozlardan T.Obidov xonadoniga tashrif buyurishdi.


“QADRLASH MADANIYATI — MILLAT KO‘ZGUSI”


Uchrashuv davomida ustoz T.Obidov o‘zining ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim tizimidagi tajribalari hamda bugungi kunda yoshlar oldida turgan muhim vazifalar haqida samimiy fikr-mulohazalarini bildirdi. Ayniqsa, ustoz tomonidan qadrlash madaniyati, ustoz-shogird an’analari va milliy qadriyatlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida aytilgan fikrlar katta taassurot qoldirdi.Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ustozga iliq tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi. Suhbat jarayonida ilm-fan, ta’lim sifati va axborot texnologiyalarining rivoji haqida ham fikr almashildi. Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ustozlarga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


“QADRLASH MADANIYATI — MILLAT KO‘ZGUSI” “QADRLASH MADANIYATI — MILLAT KO‘ZGUSI”