English English English

YANGI OʻZBEKISTONDA YANGI ISLOHOTLAR TOʻLQINI

  27.02.2026 15:30:51    21


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqot yoshlar masalasiga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida qaralayotganini yana bir bor namoyon etdi. Muloqot davomida taʼlim sifati, zamonaviy kasblarni egallash, bandlik, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlarning tashabbuslarini ragʻbatlantirish kabi dolzarb masalalarga alohida eʼtibor qaratilgani muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, yoshlarni IT, sunʼiy intellekt, innovatsion sohalarga keng jalb etish, ularni amaliyot bilan uygʻun taʼlim orqali kasbga tayyorlash tashabbuslari ham muloqot jarayonidan oʻrin oldi.


YANGI OʻZBEKISTONDA YANGI ISLOHOTLAR TOʻLQINI


Muloqot rasmiylikdan holi ravishda samimiy va koʻtarinki kayfiyatda boʻlib oʻtdi. Jarayonda yoshlarga oid juda ham koʻplab imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida atroflicha soʻz yuritildi. Xususan, har payshanba kuni yurtimizda "Yoshlar kuni" sifatida belgilanib, yoshlarni qiynayotgan muammolariga yechim izlash, ularni kasb tanlash, hunar egallash boʻyicha muhim ishlar oʻrganishga undash uchun xizmat qiladigan boʻldi. Shuningdek, Prezidentimiz yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini, kitob nashrlari salmogʻini oshirishga qaratilgan muhim yangiliklarni ham taqdim etdilar. Misol uchun, davlat buyurtmasi asosida kitoblar yozgan qalami oʻtkir ijodkorlar uchun har oy 20 mln soʻmdan haq toʻlanishi, yangi chet el adabiyotining nodir asarlarini tarjima qilgan ijodkorlar uchun umumiy xarajat yarmini davlat qoplab berilishi hamda maktab oʻquvchilari oʻrtasida eng yaxshi kitobxon aniqlanib, gʻolibga 10 mln soʻm mukofot tariqasida berilishi, albatta, kitobxonlarga beriladigan katta imkoniyatning yorqin namunasidir.

Bu kabi qoʻshimcha imkoniyatlar biz yoshlarga yangidan yangi marralarni zabt etishga ulkan ishonch, kuch bagʻishlaydi hamda kelajak uchun muhim rejalarni belgilab olishimizga munosib turtki vazifasini oʻtaydi.

Mahmudjon MAHKAMOV
Intellektual loyihalar koordinatori
Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy gʻoya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yoʻnalishi 4-bosqich talabasi