TO‘RAQO‘RG‘ON TUMANIDAGI 24-MAKTABDA “BITIRUVCHILAR KUNI” TADBIRI DOIRASIDA NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORI B.E. XUSANOVNING BITIRUVCHILARGA YO‘LLAGAN TABRIGI O‘QIB ESHITTIRILDI.
26.05.2026 08:22:12 12
Mazkur tadbirda maktabning ustozlari, nuroniylar, ota-onalar hamda bitiruvchi yoshlar ishtirok etib, yosh avlodning kelgusi hayot yo‘liga oq yo‘l tilandi. Tadbir davomida bitiruvchilarning maktab yillaridagi yutuqlari, faolligi va erishgan natijalari alohida e’tirof etildi.
Ayniqsa, ushbu maskan bitiruvchisi sifatida Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan tadbirda ishtirok etish va o‘z ustozlari hamda maktab jamoasi bilan yana bir bor uchrashish katta faxr va cheksiz mamnuniyat bag‘ishladi.
Tadbir davomida Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.E. Xusanovning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan samimiy tabrigi Devonxona va arxiv bo‘limi mudiri X.I.Turdaliyev tomonidan o‘qib eshittirildi. Tabrikda yoshlarning bilim olishga intilishi, Vatanga sadoqatli, yetuk va fidoyi kadr bo‘lib voyaga yetishlari haqida ezgu tilaklar bildirildi.
Shu bilan birga, institut rektori B.E. Xusanov nomidan maktabning bir guruh fidoyi o‘qituvchilari hamda faol bitiruvchilariga tashakkurnomalar va estalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu e’tibor va ehtirom tadbir ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi.
“Bitiruvchilar kuni” tadbiri barchaga yoshlik xotiralari, ustozlarga bo‘lgan hurmat va maktabga bo‘lgan cheksiz mehrni yana bir bor his qildirdi.