“Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturi bo’yicha oliygohda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi intervyu
06.03.2025 16:59:41 39
O’zbekiston MTRK “Dunyo bo’ylab” telekanalida Namangan davlat pedagogika instituti O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Elyor Abdulvohidovning 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” va “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturi bo’yicha oliygohda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi intervyusi e'lon qilindi.

NamDPI jamoasi mazkur yo’nalishda alohida faollik ko’rsatayotganiga misollar asosida sharh berildi.
Jumladan, talabalarga “yashil iqtisodiyot” tushunchasining mohiyatini yetkazish, yoshlarni atrof-muhitni asrash va ekologik muammolarga yechim izlashda faol bo’lishga chaqirish, mazkur masalalarning ilmiy asoslarini keng jamoatchilikka yetkazish bo’yicha amaliy harakatlar tilga olindi.
Shuningdek, institutda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida professor-oʼqituvchilar, xodimlar oʻrtasida "Men yashash xonadonimga koʻchat ekdim" chellenjiga start berilgani alohida taʼkidlandi.