8-mart — "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan ayol professor-oʼqituvchilar, xodimlarni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
07.03.2025 11:51:00 43
Namangan davlat pedagogika institutida 8-mart — "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan ayol professor-oʼqituvchilar, xodimlarni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda tashkil etilgan kuy-qoʻshiqlar, talabalarning mehrlari yoʻgʻrilgan tabriklari, dil izhorlari institutda ayollarning naqadar eʼzozda ekanidan dalolat beradi. Shu sababdan bugun institutning har bir xodimida oʻzgacha quvonch, oʻzgacha shukuh.
Namangan davlat pedagogika institutida sana munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda.