NamDPIda "Milliy she'riyat kechasi" tanlovi boʻlib o’tdi
23.04.2025 08:38:44 3
Namangan davlat pedagogika institutida “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” shiori ostida milliy anʼanalar, urf-odatlar va qadriyatlarni yorituvchi "Milliy sheʼriyat kechasi” bo’lib o’tdi.

Tanlovda barcha fakultetdan nasr va nazm yo’nalishida ijod qiladigan talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
She'riyat tanlovida talabalar oʻzbek klassik adabiyoti hamda zamonaviy uslubda yozilgan sheʼrlardan yod olib, munosib ishtirok etishdi.
Iqtidorlarni jamlagan mazkur she’riyat kechasi talabalarga birdek manzur bo’ldi.