"Namangan viloyati shahar va qishloqlari toponimikasi" mavzusida ochiq seminar mashg'uloti tashkil etildi.
19.12.2024 09:22:06 57
Namangan davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar kafedrasi stajyor-o'qituvchisi Muqaddas Pozilova tomonidan Tarix yo'nalishi 2-bosqich talabalari ishtirokida Toponimika fanidan
"Namangan viloyati shahar va qishloqlari toponimikasi" mavzusida ochiq seminar mashg'uloti tashkil etildi.

Mashg'ulot davomida Namangan shahri va tuman-qishloqlari toponimikasi haqida talabalarga ma'lumotlar yoritib berildi.
Dars mashg'uloti Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri S.Botirova hamda O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri R.Tillayeva va fan o'qitivchilari tomonidan tahlil qilib borildi.
Seminar davomida talabalarning guruh bo'lib ishlash "aqliy hujum", slayd, krossvord, quiz test, "mandarin" metodlari va qiziqarli savol-javob asosida bilim va ko'nikmalari mustahkamlandi.
Yakunda professor-oʼqituvchilar mashg'ulot hamda unda talabalarning faolligi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.