English English English

“Yolg‘on nazariyasi va profayling asoslari” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

  19.11.2024 19:06:25    5


Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya kafedrasi hamda Namangan viloyati IIB mutaxassis psixologlari va psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida “Yolg‘on nazariyasi va profayling asoslari” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.


“Yolg‘on nazariyasi va profayling asoslari” mavzusida psixologik  trening o‘tkazildi.


Trening mashg‘ulotida Namangan viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati psixologik ta’minlash guruhi psixologi leytenant Xasanxo‘ja Fattohxonov, fakultet dekani Z.Abdullayev, kafedra mudiri D.Oribboyeva hamda kafedra o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Dastlab, ma’ruzachi tomonidan talabalarga profayling metodi va uning turlari, paydo bo‘lishi haqida tushunchalar berilib, qiziqarli amaliy treninglar o‘tkazildi. Shundan so‘ng IIVning tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati IIB tasarrufida tashkil etiladigan “Psixologik markaz” faoliyati bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Har ikkala tomon uchun manfaatli bo‘lgan ushbu tadbirda o‘zaro memorandum imzolash kerakligi to‘g‘risida suhbat o‘tkazildi. Ichki ishlar sohasida inspektor psixolog bo‘lib ishlash istagi talabalarda yuqori ekanligini inobatga olgan holda 4+2 amaliyotini ushbu tizimlarda ham olib borish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Trening mashg‘ulotida qiziqarli savollarga mutaxassis tomonidan yetarlicha ma’lumot berildi.


“Yolg‘on nazariyasi va profayling asoslari” mavzusida psixologik  trening o‘tkazildi. “Yolg‘on nazariyasi va profayling asoslari” mavzusida psixologik  trening o‘tkazildi. “Yolg‘on nazariyasi va profayling asoslari” mavzusida psixologik  trening o‘tkazildi. “Yolg‘on nazariyasi va profayling asoslari” mavzusida psixologik  trening o‘tkazildi. “Yolg‘on nazariyasi va profayling asoslari” mavzusida psixologik  trening o‘tkazildi. “Yolg‘on nazariyasi va profayling asoslari” mavzusida psixologik  trening o‘tkazildi. “Yolg‘on nazariyasi va profayling asoslari” mavzusida psixologik  trening o‘tkazildi.