Xayr taʼtil, salom oʻqish!
07.01.2025 12:35:37 4
NamDPI talabalari qishki taʼtildan qaytishmoqda
Bugun Namangan davlat pedagogika instituti TTJda qishki taʼtilni yakunlab, olis hududlardan qaytgan bir guruh talabalar institut Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori A.Isoqboyev boshchiligida munosib kutib olindi.
Uzoq yoʻl charchog'i hamda talabalarga oʻzgacha kayfiyat, motivatsiyon kuch berish maqsadida fakultet dekanlari, tyutorlari, koordinatorlar tashabbusi bilan koʻngilochar tadbir uyushtirilib, bir piyola choy ustida taʼtil taassurotlari haqida suhbatlashildi.