English English English

Iqtidorli talabalarimizning ilmiy yutuqlari tobora yangi bosqichga chiqmoqda

  15.03.2026 13:46:27    9


Avval xabar berganimizdek "Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur tanlovning Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida saralash bosqichi o‘tkazildi.


Iqtidorli talabalarimizning ilmiy yutuqlari tobora yangi bosqichga chiqmoqda


Ushbu bosqichda ham eng yuqori ko'rsatkich bilan quyidagi talabamiz g'oliblikni qo‘lga kiritib 2 mln. 60 ming so'm pul mukofotiga ham ega bo'ldi.

Rustamjonova Nodira - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi.

E'tiborlisi shundaki, tanlovning Yangiqo'rg'on, Chortoq, Norin, Uchqo'rg'on, Uychi, Farg'ona viloyati Quva, Qo'shtepa, Furqat tumani, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanlari bosqichlarida ham 12 nafar talabamiz g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Umumiy hisobda keyingi bosqichga chiqqan talabalarimiz soni 13 nafarni tashkil etib, jami 26 million 780 ming so‘m pul mukofotini jamg‘arishdi.

Ma'lumot uchun 16-mart kuni tanlovning Pop tuman bosqichi bo‘lib o‘tadi.