SEN TANLAGAN YO‘L — SENING TAQDIRING
16.10.2025 11:01:08 47
Uychi tumanidagi 40-maktabda “Sening qadaming — sening taqdiring” mavzusida psixologik-motivatsion trening tashkil etildi.
Tadbir Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari A.Satarov, A.Turg‘unboyeva, D.Oribbayeva hamda A.Siddiqov tomonidan o‘tkazildi.
Trening davomida o‘quvchilarga hayotda maqsad qo‘yish, to‘g‘ri tanlov qilish, shaxsiy salohiyatni anglash hamda o‘z yo‘lini ongli belgilashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Interaktiv mashg‘ulotlar, guruhli muhokamalar va motivatsion o‘yinlar orqali o‘quvchilarda o‘ziga ishonchni mustahkamlash, kelajakdagi kasb tanlovida mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmalari shakllantirildi.
Mazkur tashabbus yoshlarda ijobiy fikrlashni rivojlantirish, ularni hayotga faol, mas’uliyatli va ijodiy qarashga undashga xizmat qildi.
Unutmang: har bir qadamingiz — kelajagingiz sari tashlangan eng muhim qadamdir!