SUN'IY INTELLEKT ASOSIDAGI SERVER CLUSTERI ISHGA TUSHIRILDI
16.12.2025 08:17:40 14
Namangan davlat pedagogika institutida sun’iy intellekt loyihalari bilan ishlashga mo‘ljallangan zamonaviy server clusteri qurilmasi muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Ushbu yuqori texnologik uskuna institutda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Server clusterining texnik imkoniyatlari:
Mazkur server clusteri yuqori hisoblash quvvatiga ega bo‘lib,
— 2 dona Intel® Xeon® Silver 4316 protsessori (jami 80 yadro) va
— 2 dona Intel® Xeon® Gold 6530 protsessori (jami 128 yadro) bilan jihozlangan.
Server clusterining umumiy ma’lumotlarni saqlash hajmi 148,11 TB ni tashkil etadi. Shundan 100 TB hajm zahira (backup) uchun mo‘ljallangan bo‘lib, avariya holatlarida ma’lumotlarni tezkor tiklash imkonini beradi.
Operativ xotira hajmi 1006,71 GB (RAM) bo‘lib, bu katta hajmdagi ma’lumotlarni yuqori tezlikda qayta ishlashni ta’minlaydi.
Shuningdek, server clusteri 48 GB xotiraga ega NVIDIA L40S 48GB PCIe grafik protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, u:
— sun’iy intellekt loyihalari,
— kuzatuv kameralari orqali yuzni tanib olish,
— murakkab hisoblash jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan.
Tarmoq va elektr ta’minoti:
— 10 dona 1 GB tezlikdagi Ethernet portlar;
— 4 dona 10 GB tezlikdagi optik tolali tarmoq interfeyslari;
— 10 kW quvvatga ega uzluksiz elektr ta’minoti (UPS) bilan ta’minlangan.
Amaliy imkoniyatlar:
Ushbu server clusteri yordamida:
— o‘quv jarayonlarini sun’iy intellekt asosida to‘liq raqamlashtirish;
— professor-o‘qituvchi, xodim va talabalarning yo‘qlama jarayonlarini avtomatlashtirish;
— o‘qituvchilarning ish yuklamalari va dars jadvallarini SI asosida tahlil qilish;
— ilmiy ishlanmalar, mustaqil ishlar va referatlarni sun’iy intellekt asosidagi antiplagiat tizimi orqali tekshirish imkoniyatlari yaratiladi.
Mazkur loyiha Namangan davlat pedagogika institutining raqamli rivojlanish strategiyasidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, ta’limda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.