Maktablar bilan hamkorlikdagi muhim tashabbus
13.02.2026 13:28:22 9
Namangan viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan “Pop tumanida ijtimoiy-iqtisodiy va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda yangicha yondashuvlar asosida ish tashkil etish yuzasidan 2026-yilning 1-yarmiga mo‘llangan “Yo‘l xarita”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tumandan Namangan davlat pedagogika institutiga biriktirilgan maktablarda malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan mahorat darslari o‘tish, maktablarga uslubiy ko‘maklashish, o‘quvchilarni oliy ta’limga qiziqtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish maqsadida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev boshchiligidagi mas’ullar tumandagi “Uch uyli” MFY hududidagi 55-maktab, “Navoiy” MFY hududidagi 67-maktab hamda “Paxtakor” MFY hududidagi 11-DIMIga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida maktablar direktorlari bilan institutning malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan mahorat darslari o‘tish, maktablarga uslubiy ko‘maklashish, o‘quvchilarni oliy ta’limga qiziqtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, hamkorlikda ish tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.