Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi
22.04.2026 09:58:32 6
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabalari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Tojimatov boshchiligida ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusiga alohida e’tibor qaratildi. Unda korrupsiyaning yurt kelajagi, jamiyat taraqqiyoti va davlat ravnaqi uchun jiddiy xavf ekani, bugungi yoshlar esa korrupsiyasiz, shaffof va adolatli kelajak bunyodkorlari bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, shuningdek, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalari bilan ham o‘rtoqlashdilar.
Suhbat yakunida jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan korrupsiya muammosi, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda bu borada amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida keng tushunchalar berildi.
Shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning salbiy oqibatlari, yoshlar orasida bunday holatlarning oldini olish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va shaxsiy mas’uliyatni oshirish masalalari yuzasidan talabalarga zarur tavsiyalar bildirildi.