NamDPI talaba-yoshlari ekologik vaziyatlarga befarq emas!
24.04.2025 09:18:52 3
Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Namangan viloyat Kengashi raisi va rais o‘rinbosarlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, institut rahbariyati hamda talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda yoshlarning dolzarb muammolari, orzu-intilishlari, taklif va tashabbuslari ochiq muhokama qilindi.
Partiya vakillari yoshlar bilan bevosita suhbatda bo‘lib, ularning g‘oyalarini eshitdi, takliflarini qayd etdi. Muloqot davomida ekologik tafakkur, sog‘lom turmush tarzi, tabiatni asrash kabi masalalar ham alohida e’tiborda bo‘ldi.
Namangan davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari ekologik vaziyatlarga befarq emas!