“Ta’lim muassasalarida yoshlar orasida psixoaktiv moddalarni noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexanizmlari”
09.01.2025 10:52:30 5
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tomonidan tayyorlangan: “Ta’lim muassasalarida yoshlar orasida psixoaktiv moddalarni noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexanizmlari” nomli uslubiy qo‘llanmaning taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Ushbu taqdimotda fakultet dekani Z.Abdullayev boshchiligida kafedra mudirlari, professor-oʼqituvchilar hamda tyutorlar ishtirok etib, qoʻllanmaning asl mohiyati, darsda foydalanish mexanizmlari haqida fikr almashildi.