English English English

Iqtidorli talabalarimiz natija ko'rsatishda davom etmoqda

  10.03.2025 11:44:34    38


Avval xabar berganimizdek "Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur tanlovning Norin tumani saralash bosqichi o‘tkazildi.


Iqtidorli talabalarimiz natija ko'rsatishda davom etmoqda


Avval xabar berganimizdek "Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur tanlovning Norin tumani saralash bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu bosqichda ham eng yuqori ko'rsatkich bilan quyidagi talabalarimiz g'oliblikni qo‘lga kiritib 5 mln. 550 ming so'm pul mukofotiga ham ega bo'ldilar.

O'rmonjonov Azizbek - Musiqa ta'limi va san'at mutaxassisligi magistranti;
Islomjonova Sevinch - Pedagogika fakulteti talabasi
Yo'ldosheva Umida - Pedagogika fakulteti talabasi

E'tiborlisi shundaki, tanlovning Yangiqo'rg'on, Chortoq tumani bosqichlarida ham 3 nafar talabamiz g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Umumiy hisobda keyingi bosqichga chiqqan talabalarimiz soni 6 nafarni tashkil etib, jami 11 mln 100 000 so‘m pul mukofotini jamg‘arishdi.

Ma'lumot uchun 11-mart kuni Uchqo‘rg‘on tumani bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi telegram sahifasi (https://t.me/NamDPI_iqtidorli)


Iqtidorli talabalarimiz natija ko'rsatishda davom etmoqda Iqtidorli talabalarimiz natija ko'rsatishda davom etmoqda Iqtidorli talabalarimiz natija ko'rsatishda davom etmoqda