3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni
03.12.2025 10:05:45 12
Bu kun bizga mehr, e’tibor va teng imkoniyatlarning qadrini eslatadi. Nogironligi bo‘lgan insonlar — irodasi kuchli, sabrli va hayotga mehr bilan qaraydigan insonlardir. Ularni qo‘llab-quvvatlash, hurmat qilish va jamiyatda faol ishtirokini ta’minlash — barchamizning vazifamiz.
Shu munosabat bilan Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori S.Qodirova boshchiligida UZB-EU-25 guruh talabalari Davlatobod tumanidagi 31-sonli ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar bolalarni xursand qilish uchun sovg’a salomlar ulashdi va bolajonlar tomonidan tayyorlangan tadbirni tomosha qilishdi