Talabalar malakaviy amaliyotlari davom etmoqda
09.04.2025 20:51:18 14
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutor S.Qodirova tomonidan Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta'limi yo’nalishi 1-bosqich MIG’-AU-24 guruh talabalarining malakaviy amaliyot jarayonini o’rganish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan shahar bo’limiga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida malakaviy amaliyot jarayoni bilan tanishildi. Talabalar qanday vazifalar bilan mashg’ul ekanliklari kuzatildi.
Amaliyot rahbarlari bilan suhbatlashish jarayonida talabalardan mamnun ekanliklari e’tirof etildi.