UrDPI vakillari Toshkent shahrida Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan intensiv treningda faol ishtirok etdilar.
14.01.2025 12:43:59 8
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Britaniya Kengashi tomonidan “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish tamoyillari” (Accelerating English Language Learning in Central Asia) mavzusida intensiv trening o'tkazildi. Treningda Urganch davlat pedagogika instituti "Xorijiy filologiya" kafedrasi mudiri F.Radjapova, kafedra o‘qituvchisi M.Xudayberganovalar faol ishtirok etdilar hamda maxsus diplom bilan taqdirlandilar.
Trening ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, 160 nafar o‘qituvchi loyiha doirasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Dastur doirasida xorijiy mutaxassislar Thom Kiddle, Emma-Jayne Robinson, Lisa Mann, Jamilya Gulyamova va Saida Irgashevalar o‘z mahoratlari va tajribalarini ishtirokchilar bilan oʻrtoqlashdilar.
Tashrif davomida Urganch davlat pedagogika instituti “Xorijiy filologiya” kafedrasi hamda Namangan davlat pedagogika instituti “Oʻzbek va xorijiy tillar” kafedrasi oʻrtasida 2024-2025-yillarga moʻljallangan oʻquv, metodik, ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlariga oid hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ushbu loyiha O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.