English English English

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

  07.12.2025 08:11:45    1


Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori T. Ismonov boshchiligida “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.


Konstitutsiya – baxtimiz qomusi


Tadbirni fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari R. Isokov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan namoyish etilgan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va mazmunli taqdimotlar orqali Konstitutsiyaning talaba-yoshlar hayotidagi beqiyos o‘rni yorqin ifoda etildi.

Mazkur tadbir yoshlarda huquqiy ong, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, Asosiy Qonunimizga hurmat tuyg‘usini oshirishga xizmat qildi.


Konstitutsiya – baxtimiz qomusi Konstitutsiya – baxtimiz qomusi Konstitutsiya – baxtimiz qomusi Konstitutsiya – baxtimiz qomusi Konstitutsiya – baxtimiz qomusi Konstitutsiya – baxtimiz qomusi