Ochiq eshiklar kuni
02.05.2026 07:54:20 4
Axborot-resurs markazida yaratilgan shart-sharoitlar
Namangan davlat pedagogika institutida maktab bitiruvchilarini kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishishlarini ta’minlash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur tashabbus doirasida Namangan shahar umumta’lim maktablaridan 3056 nafardan ortiq o‘quvchi institutga tashrif buyurdi.
O`quvchilarga zamonaviy badiiy adabiyotlarning mazmun-mohiyati, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirishdagi ahamiyati hamda kelajak pedagog kadrlarining ma’naviy dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida bitiruvchi-yoshlar institut axborot-resurs markazi mas’ul xodimlari tomonidan o‘quvchilarga kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud kitob fondi, bo`limlari, elektron adabiyotlar, ularni afzalliklari haqida muhim ma’lumotlar batafsil tushuntirib berildi.
Uchrashuv yakunida bitiruvchilarning institut faoliyati bilan bog‘liq savollariga atroflicha javob qaytarildi, ularning fikr va taassurotlari tinglandi.