Yoshlar Kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi
07.01.2025 12:33:48 3
Namangan davlat pedagogika institutida Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotining navbatdagi kengash yig’ilishi o’tkazildi.
Navbatdagi Yoshlar Kengashi yig’ilishida institut yo’nalish koordinatorlari, fakultet koordinatorlari, Talabalar turar joyi kengashi a’zolari, “Qalqon” jamoatchilik guruhi vakillari ishtirok etdilar.
🗂Yig’ilish avvalida koordinatorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisobotlari tinglandi. Shundan so’ng 2025-yil mobaynida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar va takliflar ko’rib chiqildi.
📖Bundan tashqari qishki ta’tildan so’ng talabalarni ko’tarinki kayfiyatda kutib olish va talabalar o’rtasidagi muammolarni hal etish bo’yicha tizimli takliflar ishlab chiqildi.