English English English

YOSHLARNING ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHGA QARATILGAN LOYIHALARNI QO’LLAB-QUVVATLASH UCHUN “YASHIL TASHABBUSLARINI QO’LLAB-QUVVATLASH JAMG’ARMASI” TASHKIL QILINADI

  15.02.2025 10:57:59    30


Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev faol yoshlar bilan muloqot o’tkazdi.Ushbu muloqot O’zbekistonlik barcha yoshlar uchun katta imkoniyatlarni ochilishi bo’ldi.
Muloqot davomida tabiatni asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tashkil etilishi haqidagi bayonoti yoshlarning ekologik faolligini oshirish va ularning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi loyihalarini amalga oshirish uchun muhim qadamlardan biri ekanligini ta’kidladi.


YOSHLARNING ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHGA QARATILGAN LOYIHALARNI QO’LLAB-QUVVATLASH UCHUN “YASHIL TASHABBUSLARINI QO’LLAB-QUVVATLASH JAMG’ARMASI” TASHKIL QILINADI


Bu tashabbus yoshlarni ekologik mas'uliyatni his qilishga, yashil texnologiyalarni rivojlantirishga va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga undaydi.
Shuningdek, jamg‘arma yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni moliyaviy va texnik jihatdan ta'minlash orqali ekologik loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi.
Bunday tashabbuslar yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshiradi, ularni ijtimoiy mas'uliyatli va faol fuqarolar sifatida shakllantirishga yordam beradi.


Salimagul TO'LQINOVA, Pedagogika fakulteti Yoshlar yetakchisi, Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi