English English English

“Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish  tamoyillari”

  11.01.2025 08:14:47    2


9-11 yanvar kunlari O‘zDJTUda “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish  tamoyillari” (Accelerating English Language Learning in Central Asia) mavzusidagi xalqaro loyiha ishtirokchilari o‘z ishini boshladi.


“Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish  tamoyillari”


Loyiha doirasidagi treningda O‘zDJTU rektori, professor Ilhomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Dastur doirasida xorijiy mutaxassislar Thom Kiddle, Emma -Jayne Robinson, Lisa Mann, Jamilya Gulyamova va Saida Irgasheva o‘z mahoratlari va tajribalarini ishtirokchilar bilan bo‘lishdi.

Quvonarlisi, ushbu xalqaro loyihada Namangan davlat pedagogika instituti O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri R.Tillayeva, kafedra o'qituvchilari Z.Dadaboyev, O.Yuldashev ham ishtirok etib, o'quv trening yakunida sertifikatga ega bo'lishdi.

Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan loyihada Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston davlatlaridan va mamlakatimizdagi Oliy ta'lim muassasalarining 160 dan ortiq professor-o‘qituvchilar qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz: loyiha 2024-2025 yillarda O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlarga moslash va samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim qadamdir.


“Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish  tamoyillari” “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish  tamoyillari” “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish  tamoyillari” “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish  tamoyillari” “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish  tamoyillari” “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish  tamoyillari” “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish  tamoyillari”