English English English

Shaffoflik va akademik madaniyat: magistratura bosqichida dolzarb masalalar muhokamasi

  02.03.2026 22:23:49    3


Namangan davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistratura mutaxassisliklari magistrlari bilan uchrashuv tashkil etildi.


Shaffoflik va akademik madaniyat: magistratura bosqichida dolzarb      masalalar muhokamasi


Mazkur uchrashuv O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A. Abdunazarov boshchiligida o‘tkazilib, unda O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i M. Asqarova, Magistratura bo‘limi boshlig‘i M.To‘raboyeva hamda institut rahbariyatining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida akademik halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish, yakuniy nazorat natijalarining tahlili, magistrantlarning dars jarayonidagi ishtiroki va davomat ko‘rsatkichlari, shuningdek, institutda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir ochiq va konstruktiv muloqot tarzida o‘tkazilib, magistrantlar tomonidan bildirilgan taklif va savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.Mazkur uchrashuv ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, akademik intizomni mustahkamlash hamda sog‘lom va shaffof taʼlim muhitini taʼminlashga xizmat qiladi.


Shaffoflik va akademik madaniyat: magistratura bosqichida dolzarb      masalalar muhokamasi Shaffoflik va akademik madaniyat: magistratura bosqichida dolzarb      masalalar muhokamasi Shaffoflik va akademik madaniyat: magistratura bosqichida dolzarb      masalalar muhokamasi