Pedagogika fakultetining navbatdagi 7-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.
14.04.2025 08:37:53 40
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetining navbatdagi 7-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig‘ilishda fakultetga kurator sifatida biriktirilgan o'quv ishlari bo'yicha prorektor A.Abdunazarov ham ishtirok etdi.

Yigʻilish kun tartibida:
ijro intizomi va direktiv hujjatlarning yuritilishi;
149-sonli qaror mazmun mohiyati va talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi;
akademik qarzdor talabalarning qayta o‘zlashtirishini tashkil etish;
sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil;
bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiya sinovlariga tayyorgarlik holati;
malakaviy amaliyotni sifatli tashkil etish;
gimnastrada musobaqasiga tayyorgarlik holati.
Yig'ilish yakunida Kengash a'zolari tomonidan fakultet oʻquv, ma’naviy va ma'rifiy, ilmiy va tashkiliy masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.