English English English

Kitobxonlik

  28.04.2026 07:41:21    4


So‘nggi yillarda yurtimizda kitob targ‘iboti va kitobxonlikni rivojlantirish masalalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. 


Kitobxonlik


O‘zbekistonda bu masalaga jiddiy e’tibor berilmoqda, davlat siyosati darajasiga olib chiqilnan. 2019-yil mart oyida O‘zbekiston Prezidenti yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, ayollar bandligini oshirishga qaratilgan beshta tashabbusni ilgari surdi. To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini oshirishni, kitobxonlikni keng targ‘ib qilishni nazarda tutadi. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15- yanvardagi PQ-9-sonli “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zlangan asosiy maqsad etib 2026-2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasi (bir odam o‘qiydigan kitob soni)ni yiliga o‘rtacha 10 ta kitobga yetkazish belgilangan. Ushbu qarorga muvofiq «Kitob — ma’rifat manbai» DASTURI tuzilgan bo’lib, qator chora-tadbirlar belgilangan ulardan biri Davlat xizmatchilari uchun «Kitob o‘qish soati»ni yo‘lga qo‘yish kabi vazifa qo’yilgan.
Bunga ko’ra Intellektual fanlar va axborot texnologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari ham bo’sh vaqtlarida institutimizning Axborot resurs markazidagi boy kitob fondidagi badiiy kitoblarni muntazam ravishda mutoola qilishmoqda. Bizning nuqtai nazardan, zamonaviy dunyoda kitob mutolaasi birinchi navbatda uzluksiz ta’lim tizimida, shu jumladan, har kimning kundalik faoliyatida alohida o‘rin tutishi lozim deb hisoblaymiz.


Kitobxonlik