English English English

“Giyohvandlikka yo‘q deymiz” mavzusida umumprofilaktik uchrashuv o‘tkazildi

  16.04.2026 00:18:49    7


Namangan davlat pedagogika institutida “Giyohvandlikka yo‘q deymiz” mavzusida giyohvandlik va narkojinoyatchilikning salbiy oqibatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan umumprofilaktik uchrashuv tashkil etildi. Tadbirga Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari taklif etildi.


“Giyohvandlikka yo‘q deymiz” mavzusida umumprofilaktik uchrashuv o‘tkazildi


Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati, shuningdek, yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning iste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev, Yoshlar o‘rtasida giyohvand vositalar va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan Namangan viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari D.Yulchiboyev, F.Xamidjonov hamda I.Ro‘zimatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Nabijonov, institut profilaktika inspektori G.Rahmatullayeva иштирок etib, talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytardilar.

Uchrashuv yakunida yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bugungi kunning muhim вазифalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, profilaktik-tushuntirish ishlarini izchil davom ettirish, ota-onalar hamda hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.


“Giyohvandlikka yo‘q deymiz” mavzusida umumprofilaktik uchrashuv o‘tkazildi “Giyohvandlikka yo‘q deymiz” mavzusida umumprofilaktik uchrashuv o‘tkazildi “Giyohvandlikka yo‘q deymiz” mavzusida umumprofilaktik uchrashuv o‘tkazildi “Giyohvandlikka yo‘q deymiz” mavzusida umumprofilaktik uchrashuv o‘tkazildi “Giyohvandlikka yo‘q deymiz” mavzusida umumprofilaktik uchrashuv o‘tkazildi “Giyohvandlikka yo‘q deymiz” mavzusida umumprofilaktik uchrashuv o‘tkazildi