Turkiyadan xabarlar
17.02.2025 11:19:48 60
(Türkiye'den haberler)
Namangan davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Turkiya davlatining Karabük universitetidagi tashrifi davom etmoqda.

Institut vakillari dastlab kunning birinchi qismida Karabük universiteti Shefik Yilmaz Dizdar nomidagi Safranbolu Kasb Texnikumiga tashrif buyurib texnikum rahbariyat jamoasi bilan muloqot olib borishdi, hamda texnikumda mavjud ta'lim yo'nalishlari va u yerdagi talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.
Muloqot davomida, Shefik Yilmaz Dizdar nomidagi Safranbolu Kasb Texnikumining ART pedagogika va Texnologik ta'lim yo'nalishlarida hamkorlik ko'rgazmalarini o'tkazish, qisqa muddatli talabalar va professor-o'qituvchilar stajirovka o'tash masalalari kelishib olindi.