🎓 “PEDAGOG TALABA” — IQTIDOR VA MAHORAT SINOVI
19.12.2025 08:34:19 17
Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi BTS-AU-22, BTS-BU-22, BTS-CU-22 guruh talabalari o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy salohiyatini namoyon etish maqsadida “Pedagog talaba” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori ijrosini ta’minlash, talabalarni ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga keng jalb etish maqsadida Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti N. Mahmudova rahbarligida o‘tkazildi.
Tanlovning tantanali ochilish marosimida Pedagogika fakulteti dekani Z. Abdullayev hamda Ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i M. Nabijanov ishtirok etib, ishtirokchilarga omad tiladilar. Tanlov davomida talabalar 4 shart asosida bellashib, o‘z bilimlari, ijodkorligi va pedagogik mahoratini namoyish etdilar.
Yakunida g‘olib jamoalar va faol, ijodkor talabalar munosib taqdirlandi. Ushbu tanlov yosh pedagoglar uchun o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish, tajriba almashish va kasbiy o‘sishga undovchi muhim maydon bo‘ldi.