English English English

4+2 amaliyot jarayonida tajriba va o‘sish

  26.10.2025 22:35:31    8


Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari Guljahon Dexkonova hamda Muxlisa Raximjonovalar Xorijiy til va adabiyot yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun 4+2 malakaviy amaliyot jarayonini tashkil etish maqsadida Namangan shahar 20-sonli hamda 1-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurdilar.


4+2 amaliyot jarayonida tajriba va o‘sish


Tashrif davomida talabalarga maktabning ichki tartib-qoidalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, dars jarayonlarida o‘qituvchilarning ilg‘or metodlardan foydalanish tajribalari o‘rganildi hamda o‘quvchilarning xorijiy tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasidagi samarali yondashuvlar tahlil qilindi.

Mazkur amaliyot talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim jarayonini chuqur o‘rganish va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliy tajriba orttirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


4+2 amaliyot jarayonida tajriba va o‘sish