English English English

O‘QUVCHILAR UCHUN ILM VA IMKONIYATLAR MAYDONI OCHILDI

  22.04.2026 09:54:27    13


Namangan davlat pedagogika institutida Kosonsoy tumanidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbirda 1004 nafar o‘quvchi ishtirok etib, institut hayoti, ta’lim muhiti va yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.


O‘QUVCHILAR UCHUN ILM VA IMKONIYATLAR MAYDONI OCHILDI


Tadbir davomida mehmonlar institut hududida samimiy kutib olinib, ta’lim muassasasida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy o‘quv infratuzilmasi, ilmiy va ijodiy muhit haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Dastlab, o‘quvchilarga institutda faoliyat olib borayotgan fakultet va yo‘nalishlar, o‘quv jarayonining mazmun-mohiyati hamda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlanmalar, amaliy loyihalar va ko‘rgazmalar namoyishi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shundan so‘ng, mehmonlar institut kutubxonasi, zamonaviy o‘quv xonalari va ta’lim jarayoniga xizmat qilayotgan boshqa muhim maskanlar bilan yaqindan tanishdilar. Ularga mavjud qulayliklar, boy adabiyotlar fondi, ta’lim olish va ilmiy izlanishlar olib borish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Mazkur “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasasidagi muhit, bilim olish jarayoni hamda kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini belgilash borasidagi tasavvurlarini yanada boyitdi. Ayniqsa, Kosonsoy tumanidan tashrif buyurgan 1004 nafar o‘quvchining institut bilan yaqindan tanishuvi ularning kelgusidagi ta’limiy maqsadlarini belgilashda muhim qadam bo‘ldi.


O‘QUVCHILAR UCHUN ILM VA IMKONIYATLAR MAYDONI OCHILDI O‘QUVCHILAR UCHUN ILM VA IMKONIYATLAR MAYDONI OCHILDI O‘QUVCHILAR UCHUN ILM VA IMKONIYATLAR MAYDONI OCHILDI O‘QUVCHILAR UCHUN ILM VA IMKONIYATLAR MAYDONI OCHILDI O‘QUVCHILAR UCHUN ILM VA IMKONIYATLAR MAYDONI OCHILDI O‘QUVCHILAR UCHUN ILM VA IMKONIYATLAR MAYDONI OCHILDI O‘QUVCHILAR UCHUN ILM VA IMKONIYATLAR MAYDONI OCHILDI