"Mardlik va jasorat" uchrashuvi
11.01.2025 08:23:34 2
Namangan davlat pedagogika institutida "Vatanparvarlik" oyligi doirasida Pedagogika fakulteti talabalari bilan Ichki ishlar sobiq xodimi, zaxiradagi podpolkovnik Davlatov Toshmamat Kiyikovichning "Mardlik va jasorat" uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda fakultet dekani, dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar va faol talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida talabalarga Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligi hamda bugungi kunda Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlar haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Uchrashuv soʻnggida tashrif buyurgan mehmonga fakultet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovgʻasi topshirildi.