English English English

“Talabalikdan olimlik sari: ustoz tuhfa qilgan 100 bebaho kitob”

  10.12.2025 08:44:07    2


Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda axborot-resurs markazining o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, Namangan davlat pedagogika institutida ustoz va shogirdlarning birgalikda mutolaa qilishi, kitobxonlik an’analarini davom ettirishi — filologik yo‘nalishlar uchun o‘ziga xos ma’naviy maktabga aylangan.


“Talabalikdan olimlik sari: ustoz tuhfa qilgan 100 bebaho kitob”


ARMdagi navbatdagi mutolaa jarayoni Rus tili yo‘nalishi talabalari uchun unutilmas voqeaga aylandi. Filologiya kafedrasi dotsenti, fidoyi ustoz Elyor Abdulvohidov o‘z shaxsiy kutubxonasidan 100 ga yaqin noyob adabiyotlarni axborot-resurs markazi fondiga topshirdi. Ustoz tomonidan mutolaa qilingan jahon mumtoz adabiyoti namunalaridan tortib ilmiy nashrlargacha bo‘lgan ushbu bebaho kitoblar endi talabalar bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi.

“Bu kitoblar orasida qayta-qayta o‘qiganlarim ham bor. Endi ular mening shogirdlarimning ilmiga, dunyoqarashiga xizmat qilsa, bundan ortiq quvonch yo‘q. Institutimiz kutubxonasi juda boy, ayniqsa elektron manbalardan talabalar va magistrantlar faol foydalanayotgani tahsinga loyiq”, — deydi ustoz.


“Talabalikdan olimlik sari: ustoz tuhfa qilgan 100 bebaho kitob” “Talabalikdan olimlik sari: ustoz tuhfa qilgan 100 bebaho kitob” “Talabalikdan olimlik sari: ustoz tuhfa qilgan 100 bebaho kitob”