“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi yakunlandi: iqtidorli talabalarimiz g‘oliblar safida
23.05.2026 12:57:02 6
Iqtidorli talabalarimizdan navbatdagi g‘alaba. 4 kun davom etgan «Mirzo Ulug‘bek vorislari» tanlovining final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqada respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 280 nafar iqtidorli yoshlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z g‘oya va loyihalari bilan g‘oliblik uchun jiddiy raqobatga kirishishdi. Quvonarli tomoni, keskin kurashlarga boy bo‘lgan mazkur tanlovda institutimiz talabalari ham g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
⚡️ “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi yakunlandi: iqtidorli talabalarimiz g‘oliblar safida
Sharoit - Ishonch - Mehnat - Natija
🎓 Iqtidorli talabalarimizdan navbatdagi g‘alaba.
➡️ 4 kun davom etgan «Mirzo Ulug‘bek vorislari» tanlovining final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqada respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 280 nafar iqtidorli yoshlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z g‘oya va loyihalari bilan g‘oliblik uchun jiddiy raqobatga kirishishdi.
🔺 Quvonarli tomoni, keskin kurashlarga boy bo‘lgan mazkur tanlovda institutimiz talabalari ham g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi:
🏅 Toshmatova Madinaxon Qodirovna — Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi
🏅 Shamsiddinova Shaxzoda Nuqliddin qizi — Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi
🔹 Shuningdek, umumjamoa hisobida ham vakillarimiz yuqori natijalarni qayd etib, quyidagi talabalar maxsus sovrinlar bilan taqdirlandi:
➡️ Adashaliyeva Mexribonu — Pedagogika fakulteti talabasi
➡️ Yo‘ldosheva Umida — Pedagogika fakulteti talabasi
➡️ Mamadjanova Shahlo — Tasviriy san’at mutaxassisligi magistranti
➡️ Narzullayeva Gulirano — Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi
⭐️ Taqdirlash marosimida Mirzo Ulug‘bek jamg‘armasi raisi akademik O. Salimov va mas’ullar ishtirok etdi.
🔺 Institut rahbariyati va ustozlarga qo‘llab-quvvatlash va yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildiriladi.