O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-yilligiga bag‘ishlangan siyosiy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
10.12.2025 08:19:38 2
Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.
Dastavval Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.Xusanov Konstitutsiyaning yangi tahriri va undagi inson qadri haqida fikrlarini bildirib, tadbirni ochib berdi.
Shuningdek, tadbirga taklif etilgan Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi A.Tillayev, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi Sh.Sheraliyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Namangan viloyati filiali bosh inspektori B.Sarimsoqov hamda
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi “Adekvat Pulatov” advokatlik byurosi rahbari O.Po‘latov ham tadbirda oʻz ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qoʻyilgan inson huquqlari, erkinlik va tenglik tamoyillari, yangilangan normalar haqida atroflicha ma'lumotlar berib oʻtildi.