English English English

NAMDPI — "MA'RIFAT MAYDONI" RESPUBLIKA TANLOVI HUDUDIY BOSQICHINING MUTLAQ G'OLIBI!

  28.03.2025 17:20:03    42


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 9-oktyabrdagi Qo‘shma qaroriga asosan talaba-yoshlar o‘rtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, hamda o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.


NAMDPI — "MA'RIFAT MAYDONI" RESPUBLIKA TANLOVI HUDUDIY BOSQICHINING MUTLAQ G'OLIBI!


Tanlovda Namangan davlat pedagogika institutining “Ziyo”, Namangan muhandislik texnologiya institutining “Usmon Nosir izdoshlari”, Namangan to‘qimachilik sanoati institutining “Afsona”, Namangan davlat universitetining “Nihol” va Namangan davlat chet tillari institutining “Ibrat izdoshlari” jamoalari g‘oliblik uchun bellashdilar.

Tanlov Nizomiga asosan uni adolatli va xolis baholash maqsadida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi rahbari, “El-yurt hurmati ordeni” sohibi, shoir Ziyoviddin Mansurov, Namangan viloyati musiqali drama teatri aktyori, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibi Bahodir Jo‘rayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyati bo‘limi bosh mutaxassislari Muattar Rejabbayeva va Dilbarxon Gʻaybullayevalardan iborat Hakamlar hay’ati baholab bordilar.

Tanlov yakunida barcha shartlar bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan Namangan davlat pedagogika institutining “Ziyo” jamoasi Hakamlar hay’atining qaroriga asosan mutloq g‘olib deb topildi hamda tanlovning mintaqaviy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Talabalarning ushbu muvaffaqiyati bilan institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Keyingi bosqichda zafarlar tilaymiz!


NAMDPI — "MA'RIFAT MAYDONI" RESPUBLIKA TANLOVI HUDUDIY BOSQICHINING MUTLAQ G'OLIBI! NAMDPI — "MA'RIFAT MAYDONI" RESPUBLIKA TANLOVI HUDUDIY BOSQICHINING MUTLAQ G'OLIBI! NAMDPI — "MA'RIFAT MAYDONI" RESPUBLIKA TANLOVI HUDUDIY BOSQICHINING MUTLAQ G'OLIBI! NAMDPI — "MA'RIFAT MAYDONI" RESPUBLIKA TANLOVI HUDUDIY BOSQICHINING MUTLAQ G'OLIBI! NAMDPI — "MA'RIFAT MAYDONI" RESPUBLIKA TANLOVI HUDUDIY BOSQICHINING MUTLAQ G'OLIBI! NAMDPI — "MA'RIFAT MAYDONI" RESPUBLIKA TANLOVI HUDUDIY BOSQICHINING MUTLAQ G'OLIBI! NAMDPI — "MA'RIFAT MAYDONI" RESPUBLIKA TANLOVI HUDUDIY BOSQICHINING MUTLAQ G'OLIBI! NAMDPI — "MA'RIFAT MAYDONI" RESPUBLIKA TANLOVI HUDUDIY BOSQICHINING MUTLAQ G'OLIBI! NAMDPI — "MA'RIFAT MAYDONI" RESPUBLIKA TANLOVI HUDUDIY BOSQICHINING MUTLAQ G'OLIBI!