Erkin kurash boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
11.01.2025 08:11:43 2
"O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan sportning Erkin kurash turi bo'yicha musobaqa oʻtkazildi.
Ushbu musobaqaning oʻtkazilishidan maqsad institutda Erkin kurash sport turini ommalashtirish, talabalarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish va ularning orasidan iqtidorli yoshlarni professional klublarga yoʻnaltirishdan iboratdir.
Musobaqada 57, 65, 70, 79, 92 kg vazn toifasidagi talabalar bellashdilar.
Musobaqa koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazilib, g'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Musobaqani Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o'qituvchisi X.Juraxanov va M.Yakubbayevlar nazorat qilib borishdi.