English English English

YOSHLAR BILAN MULOQOT: TA’LIM VA ISTIQBOLLI YOSHLAR SIYOSATIDA YANGI DAVR

  24.02.2026 21:07:00    28


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev mamlakatimiz yoshlari bilan bo‘lgan ochiq muloqotda yoshlar siyosatining samaradorligini yanada oshirish, yoshlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularni faol ijtimoiy hayotga jalb etish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi.


YOSHLAR BILAN MULOQOT: TA’LIM VA ISTIQBOLLI YOSHLAR SIYOSATIDA YANGI DAVR


Davlatimiz rahbari yoshlarni mamlakatning eng katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchlaridan biri deb baho berib, mas’ul rahbarlarga qat’iy topshiriqlarni berish bilan birga, davlat vakillari, vazirlar, hokimlar, ta’lim muassasalari rahbarlari hamda mahalliy jamiyat institutlari yoshlar uchun barcha sharoitlarni yaratishda mas’uliyatni yaxshiroq his qilishi lozimligini ta’kidladilar.
Prezident Sh.Mirziyoyev ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab, yoshlarning kasbiy va akademik bilimini yanada kengaytirishga qaratishni muhim deb bildirdi.
Jumladan, davlat tomonidan til o‘rganish, kasb-hunarni egallash, sport bilan shug‘ullanish hamda ilm-fan sohasidagi loyihalarga ko‘maklashish uchun qulay sharoitlar yaratilishi, barcha vazirliklar, hududlar rahbarlari va ta’lim tizimi rahbarlariga yoshlarga ko‘proq amaliyotlar, stajirovkalar, xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish imkoniyatlarini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Endilikda, yosh olimlar va talabalar uchun zamonaviy laboratoriyalar, innovasion markazlar va ilmiy ishlab chiqish dasturlarini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi.
Uchrashuvda Prezident tomonidan ta’lim sohasidagi islohotlarda innovatsiyalar muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, ayni vaqtda ta’lim tizimida bilim sifati va mazmunini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirishni ko‘zda tutgan yangi usullarni joriy etish, tashkilotlar va muassasalarda startaplar, innovasion dasturlar, IT va texnologiya sohalaridagi treninglar orqali yoshlarning iqtidorini rag‘batlantirish vazifasi qo‘yildi.
Har hafta rasman e’lon qilingan “Yoshlar kuni” doirasida mas’ullar maktablar, kollejlar va mahallalarda yoshlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning g‘oya va takliflarini eshitishlari, amaliyot orqali yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yaratilishiga alohida berildi.
Prezident ta’lim tizimida zamonaviy standartlar, mustaqil tadqiqotlar, ilmiy va amaliy markazlar hamda bilim berishda raqobatni oshirish tomonidan sensor yoshlarning bilim darajasini yanada baland ko‘tarish kerakligini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari yoshlar startaplari va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham yangi dasturlar va mablag‘lar yo‘naltirishni e’lon qildi. Masalan, yosh tadbirkorlarga va startaplarga qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi, qarz va investisiya imkoniyatlari kengaytiriladi. 200 million AQSH dollariga yaqin qo‘shimcha mablag‘ni yoshlar biznesini rivojlantirish uchun ajratiladi.
Prezident talabi bilan rahbarlar yoshlar uchun kasbga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish, maxsus grantlar berish va madaniy, ilmiy va sport yo‘nalishlaridagi tashabbuslarni rag‘batlantirish vazifalarini bajarishi shart.
Bu islohotlar, ayniqsa, yoshlarning texnologiya, fan va innovatsiya sohalaridagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Prezidentning berilgan topshiriqlar yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi va ularni yangi bilimlar bilan mustahkamlashga xizmat qiladi.

A.Isoqboyev - Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor