English English English

Tarixiy qadamjoga tashrif tashkil etildi

  01.05.2026 08:28:22    27


Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutor B.Usmonov rahbarligida Amaliy matematika yo‘nalishi talabalari bilan Namangan shahridagi tarixiy qadamjolardan biri — O‘n bir Ahmad ziyoratgohiga tashrif tashkil etildi.


Tarixiy qadamjoga tashrif tashkil etildi


Tashrif davomida talabalar ushbu muqaddas maskanning tarixiy o‘tmishi, ma’naviy ahamiyati va ziyorat turizmidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ular ziyoratgohning boy tarixi, xalqimiz hayotidagi o‘rni hamda ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif talaba-yoshlarda milliy va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, tarixiy obidalarga daxldorlik hissini kuchaytirish hamda ularning dunyoqarashini yanada boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.