Namangan davlat pedagogika instituti talabasidan— Pencak Silatda Mardonavor Zafar!
12.12.2025 08:56:35 2
2025-yilgi musobaqalar mavsumining yakuniy va eng nufuzli bellashuvi — Pencak Silat bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi barcha yosh toifalari o‘rtasida yuqori saviyada o‘tkazildi. Bellashuvlarda mamlakatning turli hududlaridan eng kuchli sportchilar ishtirok etib, yuqori raqobat va professionallik namoyon etildi.
Ushbu nufuzli musobaqada 17–45 kg vazn toifasida Namangan davlat pedagogika instituti talabasi Ahmedov Musoxon alohida mahorat, jasorat va matonat ko‘rsatib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. Bu g‘alaba institut sportchilarining izchil tayyorgarligi va yuksak salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.
Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan Ahmedov Musoxonni ushbu mardonavor g‘alabasi bilan samimiy tabriklaymiz.