English English English

Iqtidorli talabalarimiz natija ko'rsatishda davom etmoqda

  28.03.2025 17:34:01    37


Avval xabar berganimizdek “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur tanlovning Bag'dod tumani (Farg'ona viloyati) bosqichi o‘tkazildi.


Iqtidorli talabalarimiz natija ko'rsatishda davom etmoqda


Ushbu bosqichda eng yuqori ko‘rsatkich bilan quyidagi talabamiz g‘oliblikni qo‘lga kiritib 1 million 850 ming so‘m pul mukofotiga ham ega bo‘ldi.

Rahimjonova Lobar - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi

E'tiborlisi shundaki, tanlovning Yangiqo'rg'on, Chortoq, Norin, Uychi hamda Farg'ona viloyati tuman bosqichi, Pop, Namangan, Chust, Kosonsoy tumani bosqichlarida ham 13 nafar talabamiz g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Umumiy hisobda keyingi bosqichga chiqqan talabalarimiz soni 14 nafarni tashkil etib, jami 25 million 900 000 ming so‘m pul mukofotini jamg‘arishdi.

Ma'lumot uchun 29-mart kuni Namangan shahar bosqichi bo‘lib o‘tadi.