English English English

“Yoshlar Akademiyasi”ning V Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

  26.03.2025 13:32:52    25


Assambleyani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ochib berdi.


“Yoshlar Akademiyasi”ning V Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.


Anjumanda respublika miqyosida 107 ta oliy ta’lim muassasalarining liderlari o'z loyihalari bilan ishtirok etib, ko'rsatgan natijalari haqida ma'lumot berishdi.

Hududlardan eng iqtidorli, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullangan 556 nafar yigit-qizlar “Yoshlar akademiyasi” a’zoligiga qabul qilindi. Eng faol 8 nafar “Yoshlar akademiyasi” liderlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Assambleya yakunida Yoshlar akademiyasi liderlari qatorida Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar akademiyasi lideri Azizbek O'rmonjonovga ham “Yoshlar akademiyasi guvohnomasi” hamda belgisi topshirildi.

Ushbu yutuq bilan institut jamoasi nomidan Azizbek O'rmonjonovni tabriklaymiz hamda kelgusi faoliyatiga ulkan omad va zafarlar tilaymiz!


“Yoshlar Akademiyasi”ning V Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. “Yoshlar Akademiyasi”ning V Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. “Yoshlar Akademiyasi”ning V Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.