ICHKI ISHLAR TIZIMI VA INSTITUT HAMKORLIGI DAVOM ETMOQDA
24.04.2025 09:25:27 3
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoʻshma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan davlat pedagogika institutida Viloyat Ichki ishlar boshligʻining birinchi oʻrinbosari Qahramon Ergashev bilan navbatdagi yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Mazkur uchrashuvdan maqsad — OTMda talabalar xavfsizligini taʼminlash, ular oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, Ichki ishlar vazirligi hamda OTM hamkorligini mustahkamlashdan iborat.
Muloqotda Q.Ergashev yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, radikalizm va terrorizm boʻyicha soha mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida aniq misollar orqali tushuntirib oʻtdi.
Uchrashuv davomida tyutorlar hamda talaba-yoshlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olish bilan birga, shu sohada natijadorlikka erishish yo'llari xususida oʻz taklif va mulohazalarini bildirib oʻtishdi.