«Mirzo Ulugʻbek vorislari» respublika tanlovi boʻyicha oʻquv-seminar
03.03.2025 17:02:57 29
Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar akademiyasi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi tomonidan Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi tomonidan tashkil etilayotgan «Mirzo Ulugʻbek vorislari» respublika tanlovi boʻyicha oʻquv-seminari oʻtkazilishini maʼlum qiladi.

Oʻquv seminari ertaga, 3-mart kuni soat 14:00 da Axborot resurs markazining 2-qavatida oʻtkaziladi.
Seminarga, vorislar.uz saytidan ro'yxatdan o'tib hamda IQ testni ishlab 110 balldan yuqori ball to'plagan barcha talaba-yoshlarni taklif etamiz.