"Global makonda talabalarning ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy dunyoqarashi: tahlillar, takliflar, tavsiyalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
23.02.2025 09:40:04 34

Anjumanda, instituti rektori B.Xusanov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Namangan viloyati bo’limi rahbari M.Appaqov, institut soha prorektorlari, bo'lim boshliqlari hamda Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti, Qo’qon universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti va Namangan davlat universiteti kabi 10 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari mustaqil tadqiqotchilari, doktorantlari hamda professor-o'qituvchilari o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Kun tartibida, talabalarning ijtimoiy moslashuvi muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda liderlik ko‘nikmalarining o‘rni va ahamiyati, talaba yoshlarning ma’naviy-axloqiy e’tiqodini takomillashtirish masalalari, neyropedagogikada neyrodidaktik yondashuvlarning ahamiyati, texnokratik ta’lim paradigmasi sharoitida talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishda amaliyot va innovatsiyalar uyg‘unligini ta’minlash zaruriyati, san’at va madaniyatdagi zamonaviy estetik qadriyatlarning milliy tarbiya klasterlariga ta’siri, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.