Maktab bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda.
28.02.2026 21:15:56 9
Namangan shahridagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Namangan davlat pedagogika institutining “O‘quv, ilmiy-metodik markazi” tashkil etildi
Markazning tashkiliy yig‘ilishida Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani S.Mutalov, kafedra mudirlari Z.Dadaboyev, N.Abdullayev, professor-o‘qituvchilar va faol talabalar, pedagogik hamkorlikka oid taqdimotlarini maktab jamoasi e’tiboriga havola etdilar.
Yig‘ilishda maktab direktori U.To‘xtaboyeva ham oliy ta’lim bilan hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayonlarining samaradorligini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, maktabda 1949 nafar o‘quvchilar 107 nafar malakali o‘qituvchilardan ilm-fan sirlarini o‘rganmoqda.
Markaz ona tili va adabiyot, ingliz tili, jismoniy tarbiya, rus tili va science fanlarni o‘qitishda o‘quv-metodik tajribalar almashish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, 4+2 tartibida talabalar amaliyotini tizimli tashkil etish missiyasini bajaradi.