"Soft skills in education" mavzusida kasbiy rivojlanish treningi
28.02.2026 15:21:41 25
TA’LIM SIFATINI OSHIRISH MAQSADIDA KASBIY RIVOJLANISH TRENINGI TASHKIL ETILDI.
2026 yilning 20 fevral kuni Namangan davlat pedagogika instituti hamda Namangan shahridagi Prezident maktabi hamkorligi doirasida ta'lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan "Soft skills in education" mavzusida kasbiy rivojlanish treningi bo'lib o'tdi. Treningda Namangan davlat pedagogika institidan ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi va kafedralardan vakillar, Namangan shahridagi Prezident maktabining xalqaro va mahalliy o'qituvchilari ishtirok etdilar.
Mazkur trening o'qutuvchilarning kasbiy ko'nikmalarini metodik jihatdan muntazam rivojlantirib borishga qaratilgan bo'lib, 2025-2026-o'quv yilining bahorgi semestridan boshlab institutda reja asosida o'tkazib boriladi.