"Universiada"
18.01.2025 14:20:12 6
"Universiada" sport musobaqalari doirasida stol tennis sport turi bo‘yicha Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida hududiy saralash musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishining 1-bosqich talabasi Mamatjanova Dono Akramjon qizi sportning stol tennisi bo‘yicha Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida hududiy saralash musobaqasida qizlar o'rtasida faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritib, "Universiada" sport musobaqalarining Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmaga ega bo'ldi.
Murabbiy Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti Xasanov Akram Abdujalilovich hamda "Universiada" sport musabaqsi g'olibasi Mamatjanova Dono Akramjon qizini institut jamoasi nomidan tabriklaymiz!